
1899 yil 16 dekabr sanasi Yevropaning eng ulug' futbol klublaridan biri bo'lgan «Milan»ning tashkil topgan kuni hisoblanadi. Klub britaniyalik Alfred Edvards tomonidan, mahalliy italiyaliklar ko'magida asos solingan.
Jamoaning ilk bosh murabbiyi ham angliyalik mutaxassis Gerbert Kilpin bo'lgan. Aynan u klubning bugungi an'anaviy ranglari – qora va qizilni tanlagan: qora raqiblar uchun xavfni, qizil esa «shayton» timsolini anglatadi.
Emblema masalasida esa boshqa yo'l tutildi: nishon sifatida Milan shahrining gerbi qalqon ko'rinishida qabul qilindi. Shu bois klub tarixidagi eng shonli davrlarda «Milan», avvalo, mustahkam himoyasi bilan nom qozongan.
«Milan» 19 bor Italiya chempioni bo'lgan, shuningdek, Chempionlar kubogi yoki UEFA Chempionlar ligasini 7 marta qo'lga kiritgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.