
Qatarda bo'lib o'tgan FIFA The Best marosimida 2025 yilning eng yaxshi darvozaboni bo'yicha ovoz berish natijalari ham e'lon qilindi. So'rovnomada Argentina hujumchisi, sakkiz karra "Oltin to'p" sohibi Lionel Messi ham qatnashdi.
Messi birinchi o'ringa Italiya terma jamoasi va Angliyaning "Manchester Siti" klubi darvozaboni Janluiji Donnarummani qo'ydi. Ikkinchi o'rinni argentinalik Emiliano Martines ("Aston Villa") egalladi.
Uchinchi pog'onaga esa Madridning "Real" jamoasida to'p surayotgan belgiyalik Tibo Kurtua kiritildi. Eslatib o'tamiz, yil yakunlariga ko'ra o'tgan yilning eng yaxshi darvozaboni sifatida ham Donnarumma e'tirof etilgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.