date

Garri Keyn Jamal Musialaning safga qaytishini olqishladi


“Bavariya” yarim himoyachisi Jamal Musiala jamoa bilan mashg‘ulotlarga qaytdi. Bu xabarni myunxenliklar hujumchisi Garri Keyn izohladi.

Eslatib o‘tamiz, Musiala yozda kichik boldir suyagini sindirib olgan va to‘piq bo‘g‘imini chiqargan edi. Shu sababli u qariyb yarim yil davomida maydonga tusha olmadi.

“Uning qaytganidan juda xursandman. O‘tgan mavsum oxiridagi ilk jarohatidan avval ham men ko‘p bor u jamoamizdagi eng yaxshi futbolchi, deb o‘ylaganman”, — deya Keynning so‘zlarini Sky Sports Germany keltiradi.

Keyn Musialaga uzoq tanaffusdan so‘ng optimal sport formasiga qaytish uchun vaqt kerak bo‘lishini ham ta’kidladi. Yakshanba kuni “Bavariya” Germaniya chempionatining 15-turi doirasida “Haydenhaym”ga qarshi maydonga tushadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Garri Keyn Jamal Musialaning safga qaytishini olqishladi