Myunxenning «Bavariya» klubi darvozaboni Manuel Noyer «Barselona»ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi, deb yozadi Kun.uz.
«Men Lionel Messi va uning natijalarini qattiq hurmat qilaman. U judayam kamtar inson. Biroq unga qarshi o‘yinlarda maydonda aslida kim xo‘jayin ekanini ko‘rsatib qo‘yish kerak. Bu ishni jahon chempionati finalida uddalagandim. Yana bir bor bunga urinib ko‘raman».
«Barselona»ga qarshi uchrashuv biz uchun muddatidan oldingi final. Biz Berlin finalida o‘ynash uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni amalga oshirimiz kerak».
«Oldingi safar biz ikkala uchrashuvda ham yaqqol ustunlik qilgandik. Lekin hozir vaziyat boshqacha. Ularda jarohat olgan futbolchilar yo‘q. Messi hamon eng zo‘r bo‘lib qolmoqda. Biz esa etakchilarsiz o‘ynashga majburmiz. Oson bo‘lmasligini bilamiz, biroq o‘z imkoniyatimizdan foydalana olishimizga ishonaman», deya Noyerning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda «Evrosport-Britaniya» nashri. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi