
“Manchester Yunayted” sardori Brunu Fernandes jamoa bosh murabbiyi Ruben Amorim bilan munosabatlari haqida fikr bildirdi. “Biz chegarani belgilab olganmiz, uni oshib ketmaslikka harakat qilamiz.
Ammo qayerdadir kichik izoh berishim kerak bo'lsa, buni boshqa futbolchilar oldida qilmaslikka intilaman. Amorim ishda juda jiddiy inson, men ham shundayman.
U futbolchilarning fikri va qalbiga yanada chuqurroq kirib borishga, munosabatlar “murabbiy – o'yinchi”dan ko'ra “inson – inson” shakliga yaqinroq bo'lishiga intilmoqda”, dedi Fernandes Canal 11 nashriga bergan intervyusida. Hozirda “Manchester Yunayted” Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida oltinchi o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.