Safonov finalda penaltidan gol o‘tkazib yubordi

Safonov finalda penaltidan gol o‘tkazib yubordi
Qit’alararo kubok finalida PSJ va «Flamengo» o‘rtasidagi uchrashuv davom etmoqda. Birinchi bo‘limda parijliklar Xvicha Kvaratsxeliya kiritgan gol evaziga hisobda oldinga chiqdi.

Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida braziliyaliklar Jorjinyo penaltini aniq amalga oshirib, muvozanatni tikladi. Rossiyalik darvozabon Matvey Safonov 11 metrlik nuqtadan yo‘llangan zarbani qaytara olmadi.

Eslatib o‘tamiz, Safonov PSJ safida ketma-ket to‘rtinchi o‘yinini o‘tkazmoqda. Darvozabon Lyuka Shevalye jarohatdan tiklanib, zaxira o‘rindig‘ida.

PSJ — «Flamengo» bahsini LiveResult portali matnli translyatsiya orqali yoritmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar