
Sobiq futbolchi Andrey Kanchelskis avval o'zi to'p surgan «Everton» va «Manchester United»ning mashg'ulot bazalariga tashrif buyurdi. Uning aytishicha, Angliyadagi safar chog'ida siyosiy vaziyat fonida o'ziga nisbatan hech qanday salbiy munosabat yoki muammo sezilmagan.
Kanchelskis safardan ijobiy taassurotlar bilan qaytganini ta'kidladi. Uning so'zlariga ko'ra, odamlar uni iliq kutib olgan, ayrimlar esdalik uchun suratga ham tushgan.
«Juda yaxshi kutib olishdi. Hech qanday provokatsion savollar bo'lmadi, siyosat haqida gap-so'z ham eshitmadim.
Oddiy odamlar siyosat haqida gapirmaydi, bu ularga qiziq emas. Ularni futbol juda qiziqtiradi», — deya Kanchelskisning fikrlarini «Match TV» keltirdi.
Ma'lumki, Andrey Kanchelskis hozirda Bryanskning «Dinamo» klubida bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.