
26 yoshli Matvey Safonov Qit'alararo kubok finalining haqiqiy qahramoniga aylandi. Rossiyalik darvozabon o'yindan keyingi penaltilar seriyasida to'rtta zarbani qaytardi va uning seyvlarisiz PSJ Braziliyaning «Flamengo»siga qarshi kechgan og'ir bahsda kubokni qo'lga kirita olmasdi.
Final hushtagi yangragach, parijlik futbolchilar Safonovni tabriklab, uni havoga otishdi. Ushbu lahzalar aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo'ldi.
Avval xabar qilinganidek, PSJ Xosep Gvardiola davridagi «Barselona» natijasini takrorlab, bir yil ichida olti sovrinni qo'lga kiritdi. Safonov PSJ safida bir yarim yildan beri to'p surmoqda.
Parij klubining so'nggi to'rt uchrashuvida darvozani aynan Safonov qo'riqladi, mavsum boshida esa barcha o'yinlarda Lyuka Shevalye maydonga tushgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.