Hindiston safarida Messiga million dollarlik soat sovg‘a qilindi

1 daqiqa o'qish7.7K
Hindiston safarida Messiga million dollarlik soat sovg‘a qilindi

Argentina milliy terma jamoasi va AQSHning «Inter Mayami» klubi yetakchi hujumchisi Lionel Messi Hindistonga qilgan safari chog‘ida qiymati taxminan 1,09 million dollarga baholangan noyob luks soatga ega bo‘ldi. Bu haqda Sports.kz nashri MSN manbasiga tayanib xabar tarqatdi.

Ma’lum qilinishicha, yaqinda Messi o‘zining ilk «GOAT Tour» nomli xalqaro turini aynan Hindistonda yakunlagan. Tur doirasida u Kalkutta, Haydarobod, Mumbay hamda Nyu-Dehli shaharlarida bo‘lib, mahalliy muxlislar bilan uchrashuvlar o‘tkazgan.

Safarning yakuniy qismida argentinalik yulduz futbolchi milliarder Anant Ambani tashabbusi bilan tashkil etilgan Vantera (Vantara) — vahshiy tabiatni asrash va qutqarish markaziga tashrif buyurgan. Ana shu tashrif davomida Messiga Richard Mille RM 003-V2 GMT Tourbillon «Asia Edition» modelidagi eksklyuziv soat sovg‘a qilingan.

Qayd etilishicha, ushbu luks soat dunyo miqyosida atigi 12 nusxada ishlab chiqarilgan bo‘lib, uning bozordagi qiymati taxminan 1,09 million dollarni tashkil etadi. Model innovatsion safir disk bilan jihozlangan bo‘lib, u soat belgilari yoritilishida o‘ziga xos vizual effekt hosil qiladi. Shuningdek, zavod qilish va vaqtni sozlash rejimini o‘zgartirish imkonini beruvchi maxsus mexanizmga ham ega.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, bunday noyob soatlar egalari orasida Bruney sultoni Hassanal Bolkiyax, Formula-1 uchuvchisi Mik Shumaxer, FIA sobiq prezidenti Jan Todt, Joxor valiahdi Tunku Ismail hamda mashhur soatsoz Kari Voutilaynen kabi taniqli shaxslar bor.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?