
Barselona prezidenti Joan Laporta hujumkor yarim himoyachi Dani Olmo haqida fikr bildirdi. Kataloniyalik grand futbolchini 2024 yil yozida RB Leyptsigdan sotib olgan.
Yevropa chempioni bo'lgan Olmoni darhol ro'yxatdan o'tkazishning imkoni bo'lmagan, mavsum davomida esa u yana maydonga tushish huquqidan mahrum bo'lib qolgan. Faqat sport sudi aralashuvidan keyingina ko'k-anorranglilar yulduz ispaniyalik futbolchini rasmiy ro'yxatga kiritishga erishdi.
Laportaning aytishicha, klub Olmo uchun qat'iyat bilan kurashgan: jamoaga uning futbol sifatlari va ishga sadoqati zarur bo'lgan, shuningdek, u uyga qaytishni istashini ham bilishgan. Prezident bu transfer ko'plab to'siqlar bilan kechganini, hatto ayrimlar kelishuv amalga oshishini xohlamaganini ta'kidladi.
Uning so'zlariga ko'ra, aynan shu qiyinchiliklar Danining Barselona bilan bog'liqligini yanada mustahkamlagan va klub futbolchiga minnatdor. Joriy mavsumda Olmo 17 uchrashuvda 4 ta gol urib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.