Dayot Upamekano Liverpulga taklif qilindi

Qisqacha
Myunxenning “Bavariya” klubi markaziy himoyachisi Dayot Upamekanoning xizmatlari “Liverpul”ga bevosita taklif qilindi. 27 yoshli futbolchi yangi shartnoma bo'yicha yiliga 18 million yevro maosh, shundan 16 million yevro bazaviy maosh va 65 million yevrolik tovon puli bandini talab qilmoqda. “Bavariya” hozircha bu moliyaviy talablarning birortasini ham qondirish niyatida emas.
Myunxenning “Bavariya” klubi markaziy himoyachisi Dayot Upamekanoning xizmatlari “Liverpul”ga bevosita taklif qilindi. Bu haqda TZ nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, fransiyalik futbolchi “Bavariya”da murakkab vaziyatga tushib qolgan. U yangi shartnoma bo‘yicha yiliga 18 million yevro maosh olishni istamoqda, shundan 16 millioni bazaviy oylikni tashkil etadi.
Shuningdek, Upamekano 65 million yevrolik tovon puli bandi (release clause) shartnomaga kiritilishini talab qilmoqda. Hozircha “Bavariya” bu moliyaviy talablarning birortasini ham qondirish niyatida emas.
Joriy mavsumda 27 yoshli himoyachi barcha musobaqalarda 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi. Upamekanoning “Bavariya” bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakunlanadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Manbaga ko‘ra, fransiyalik futbolchi “Bavariya”da murakkab vaziyatga tushib qolgan. U yangi shartnoma bo‘yicha yiliga 18 million yevro maosh olishni istamoqda, shundan 16 millioni bazaviy oylikni tashkil etadi.
Shuningdek, Upamekano 65 million yevrolik tovon puli bandi (release clause) shartnomaga kiritilishini talab qilmoqda. Hozircha “Bavariya” bu moliyaviy talablarning birortasini ham qondirish niyatida emas.
Joriy mavsumda 27 yoshli himoyachi barcha musobaqalarda 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi. Upamekanoning “Bavariya” bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakunlanadi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…