date

Laporta maslahatchisi: Barselona Alvares transferini ko'tara oladi


Barselona prezidenti Joan Laportaning maslahatchisi Enrik Masip klubning Madridning Atletiko jamoasi hujumchisi Xulian Alvaresga bo'lgan qiziqishi haqida fikr bildirdi. Argentinalik futbolchi anchadan beri ko'k-anorranglilar transfer maqsadlaridan biri sifatida tilga olinadi.

Biroq hujumchining yuqori narxi sababli bu bitim amalga oshishi qiyin, degan qarashlar ham bor. Masipning aytishicha, Alvares yuqori saviyadagi o'yinchi va samarali to'purar.

U joriy mavsumda Atletiko safida juda yaxshi o'yin ko'rsatmoqda. Masip Laportaning Barselona istagan futbolchini tarkibga qo'sha olishi haqidagi so'zlarini eslatib, klub olib borilgan ishlar natijasida bunday transferni moliyaviy jihatdan amalga oshirishga qodir ekanini ta'kidladi.

Transfermarkt portali Xulian Alvaresning bozor qiymatini 100 million yevroga baholamoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Laporta maslahatchisi: Barselona Alvares transferini ko'tara oladi