date

Denis Ugarov: Ronaldu Saudiya Arabistonida yana uch yil o'ynashi mumkin


«Zenit»ning sobiq futbolchisi Denis Ugarov Krishtianu Ronaldu yaqin ikki-uch yil ichida faoliyatini yakunlamasligi mumkinligini aytdi. U bu haqdagi fikrlarini «Yevro-Futbol.Ru» internet nashriga bergan intervyusida bildirdi.

Ugarovning ta'kidlashicha, Ronaldu hozircha o'zida kuch borligini sezmoqda va jismoniy holati ham yaxshi. Ekspert fikricha, Saudiya Arabistonidagi futbol darajasi Yevropadagidek yuqori emas, shu sababli Ronaldu u yerda yana ikki-uch yil o'ynash imkoniga ega.

Ugarovning aytishicha, masalan, Portugaliya chempionatida o'z mahoratini namoyish etish uchun undan ko'proq kuch va mehnat talab etilardi, Saudiya Arabistonida esa qarshilik darajasi nisbatan pastroq. 40 yoshli Ronaldu 2023 yil yanvaridan beri «Al-Nasr» sharafini himoya qilib kelmoqda.

Joriy mavsumda hujumchi barcha musobaqalarda 12 uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Denis Ugarov: Ronaldu Saudiya Arabistonida yana uch yil o'ynashi mumkin