date

Xabi Alonso Real himoyachisi Valdepenyasdan uzr so'radi


Madridning “Real” jamoasi bosh murabbiyi Xabi Alonso himoyachi Viktor Valdepenyasdan uzr so'radi. 19 yoshli futbolchi La Ligadagi “Alaves”ga qarshi bahsda (2:1) debyut qildi.

Uchrashuvdan so'ng Alonso yosh o'yinchining ilk o'yindagi harakatlarini maqtagan, biroq jamoa o'tkazib yuborgan yagona gol uchun aybni Valdepenyas bilan bog'laganini ham aytib o'tgandi. Marca xabariga ko'ra, keyinroq mutaxassis bu bayonotlari uchun futbolchidan uzr so'ragan.

Qayd etilishicha, Alonso Valdepenyas bilan shaxsan uchrashib, nima sababdan uning xatosini omma oldida tilga olganini tushuntirgan. Valdepenyas “Alaves”ga qarshi o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi va 76-daqiqada almashtirildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Xabi Alonso Real himoyachisi Valdepenyasdan uzr so'radi