date

Longoriya de Dzerbining Marseldagi kelajagi haqida gapirdi


Marsel prezidenti Pablo Longoriya jamoa bosh murabbiyi Roberto de Dzerbining kelajagi yuzasidan fikr bildirdi. Longoriyaning aytishicha, klub de Dzerbining Marselda uzoq yillar ishlashiga umid qiladi.

U murabbiyga yuqori baho berib, uni Yevropadagi eng kuchli mutaxassislardan biri sifatida tilga oldi. Biroq prezident hozir musobaqalar qizg'in pallada ketayotgani sababli murabbiyning kelajagini muhokama qilish vaqti emasligini ta'kidladi.

“Vaziyat nihoyatda aniq. Biz de Dzerbi Marselda yana ko'p yillar ishlashini istaymiz.

Men uning klubdagi faoliyatim davomida murabbiyim bo'lishini xohlayman. U Yevropadagi eng yaxshi murabbiylardan biri.

Lekin hozir uning kelajagi haqida gaplashish uchun to'g'ri payt emas, musobaqalar avjida. To'g'ri vaqti kelganda ochiq suhbat o'tkazamiz.

U allaqachon fransuz tilida gapira boshladi, bu yaxshi ishora. Professional futbol olamida barcha tomonlarning kutilmalari mos kelishini tushunish muhim.

Biz uchun de Dzerbining ambitsiyalari bilan buni uyg'unlashtirish zarur”, — deya Longoriyaning so'zlarini keltiradi Goal. Hozirda Marsel Fransiya chempionati turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Longoriya de Dzerbining Marseldagi kelajagi haqida gapirdi