Barselona Levandovski bilan shartnomani uzaytirishga shoshilmayapti

Barselona Levandovski bilan shartnomani uzaytirishga shoshilmayapti
“Barselona” hujumchisi Robert Levandovski kelasi yozda klubni erkin agent sifatida tark etishi mumkin. Marca xabariga ko‘ra, “ko‘k-anorranglilar” rahbariyati polshalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirish qanchalik maqsadga muvofiq ekani borasida qat’iy qarorga kelmagan.

Klub Levandovskining yosh omilini ham inobatga olmoqda: u 2026 yil avgustida 38 yoshga to‘ladi. Biroq asosiy xavotirlardan yana biri — futbolchining jarohatlarga moyilligi.

So‘nggi paytlarda u sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar sabab tez-tez safdan chiqmoqda va bu mavsum yakunida u bilan xayrlashish ehtimolini oshirishi mumkin. Avvalroq Levandovski maoshini kamaytirish sharti bilan shartnomani uzaytirishga tayyor ekani haqida xabarlar tarqalgandi.

Futbolchiga MLS vakili “Chikago Fayr” ham qiziqish bildirmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar