
«Barselona» prezidenti Joan Laporta klubning Madridning «Real»i bilan murakkab munosabatlari haqida navbatdagi fikrini bildirdi. 63 yoshli ispaniyalik mutasaddi kimni nazarda tutayotganini ochiq aytmadi, biroq uning ishorasi kimga qaratilgani borasida shubha qolmadi.
«Ogohlantirmoqchiman: yutuqlarimiz ko'p hasadni keltirib chiqarmoqda. Ular haqiqatan ham pastkashona tarzda javob qaytarmoqda, har qanday axloqiy me'yorlarni pisand qilmay, turli nopok usullardan foydalanmoqda.
O'ylaymanki, qaysi klub haqida gapirayotganimni hamma tushunadi. Bizni doimiy ravishda obro'sizlantirishga urinishyapti.
Gap o'sha dahshatli teledastur ortida turgan odamlar haqida ketmoqda: u yerda yolg'on tarqatishadi va jamoatchilik fikriga ta'sir o'tkazishga urinishadi», — deya Laportaning so'zlarini Diario AS nashri keltiradi. Ayni paytda «Barselona» La Liga turnir jadvalida peshqadam bo'lib turibdi va «Real»ni to'rt ochkoga ortda qoldirmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.