
«Ayntraxt» muxlislari «Barselona»ga qarshi yaqinda bo'lib o'tgan uchrashuvda «Kamp Nou» stadionida tartibsizliklar keltirib chiqardi. UEFA nemis klubini maydonga turli buyumlar uloqtirish, pirotexnika ishlatish hamda stadion va uning infratuzilmasiga zarar yetkazish bo'yicha aybdor deb topdi.
UEFA qarorlari quyidagicha: 1) Avval shartli bo'lgan jazo kuchga kirdi: «Ayntraxt»ga UEFA turnirlaridagi navbatdagi safar o'yiniga chipta sotish taqiqlandi. 2) 30 ming yevro jarima hamda UEFA turnirlarida yana bir safar uchrashuviga chipta sotish taqiqi belgilandi.
3) Yetkazilgan zarar uchun qo'shimcha 8 ming yevro jarima solindi. 4) «Ayntraxt» 30 kun ichida «Barselona» bilan bog'lanib, mehmonlar sektori hojatxonalarida yetkazilgan zarar bo'yicha kompensatsiya masalasini hal qilishi shart.
Uchrashuvda «Barselona» «Ayntraxt»ni 2:1 hisobida mag'lub etdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.