Aksyonov Tiknizyaning Armanistonni tanlashiga munosabat bildirdi

Rossiya o'smirlar terma jamoasi murabbiyi Andrey Aksyonov Serbiyaning “Crvena Zvezda” klubi himoyachisi Nair Tiknizyan Armaniston terma jamoasi safida o'ynashga qaror qilgani borasida fikr bildirdi. “Albatta, xafa bo'ldim.
Terma jamoamiz uchun yaxshi futbolchini yo'qotdik, biroq bu Nairning tanlovi va biz uni ayblay olmaymiz. U shunday yo'l tutish kerak, deb hisoblagan”, — deya Aksyonovning so'zlarini “Match TV” keltirdi.
Tiknizyan 2023 yildan buyon Armaniston terma jamoasida to'p surmoqda. Shu vaqt ichida u 28 o'yinda maydonga tushib, 1 gol urdi va 6 golli pas uzatdi.
Eslatib o'tamiz, Tiknizyan CSKA tarbiyalanuvchisi. U yoshlar darajasida Rossiya U19, U20 va U21 terma jamoalari safida ham o'ynagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing