Enso Mareska Manchester Sitidagi ish haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi

Enso Mareska Manchester Sitidagi ish haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi
Londonning “Chelsi” klubi bosh murabbiyi Enso MareskaManchester Siti”ni boshqarishi mumkinligi haqidagi xabarlarga izoh berdi. U ispan mutaxassisi Xosep Gvardiolaning o‘rnini egallashi borasidagi gap-so‘zlarni inkor etdi.

“Bu oddiy spekulyatsiya, bunga yuz foiz ishonaman. Hozir bu haqda o‘ylashga vaqtim yo‘q.

“Chelsi” bilan 2029 yilgacha mo‘ljallangan shartnomam bor. Men to‘liq shu jamoaga e’tibor qaratganman”, — deya Mareskaning so‘zlarini insayder Ben Jeykobs ijtimoiy tarmoqlarda keltirdi.

Angliya Premyer-ligasining 16-turidan so‘ng “Manchester Siti” 34 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. “Chelsi” esa 28 ochko bilan to‘rtinchi pog‘onada joylashgan.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar