date

Lyuka Shevalye «PSJ»da yana birinchi darvozabon bo'lmoqchi


«PSJ» darvozaboni Lyuka Shevalye jarohatdan tiklangach, Parij klubidagi asosiy darvozabon maqomini qaytarib olish niyatida. Fransuz posbon reabilitatsiya o‘tayotgan paytda asosiy tarkibdan joyni Matvey Safonov egalladi.

Rossiyalik darvozabon ketma-ket to‘rt uchrashuvda maydonga tushdi va Qit'alararo kubok finalining qahramonlaridan biriga aylandi: «Flamengo»ga qarshi penaltilar seriyasida to‘rtta zarbani qaytardi. Safonovning ishonchli o‘yini fonida klub Shevalyeni shoshiltirib maydonga qaytarmadi, garchi u jiddiy noqulayliksiz mashg‘ulotlarga qaytgan bo‘lsa ham.

L’Équipe xabariga ko‘ra, Shevalye finalda qaydnomadan tashqarida qolish qarorini og‘ir qabul qilgan. Biroq uning yaqinlari bunday vaziyatlar futbolchining faoliyatida avval ham uchraganini ta’kidlashmoqda.

Ular bu tanaffus va murakkab davr darvozabonga ruhiy jihatdan yanada chiniqishga yordam berishiga ishonadi. Shevalyening o‘zi esa vaziyatni o‘zgartirish va «PSJ»ning asosiy darvozaboni sifatidagi o‘rnini qaytarish mumkinligini isbotlashga qat’iy bel bog‘lagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Lyuka Shevalye «PSJ»da yana birinchi darvozabon bo'lmoqchi