date

Xabi Alonso Rodrigoning o'yiniga yuqori baho berdi


Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso hujumchi Rodrigo haqida fikr bildirdi. Braziliyalik futbolchi uzoq tanaffusdan so'ng yana gol ura boshladi.

Alonsoning ta'kidlashicha, Rodrigo jamoa uchun ijobiy yangilik: u to'p bilan ham, to'psiz ham muvozanat beradi, texnikasi juda yuqori. Murabbiy futbolchining chiziqlar oralig'ida va tor hududlarda samarali harakat qilishi, hujumda kombinatsion o'yinda yaxshi bog'lanishlar yaratishini qayd etdi.

Shuningdek, Alonso Rodrignoni tez-tezroq topish va uni maydonning o'ng qanotida yoki uchala yo'lakda ham o'ynay oladigan pozitsiyalarda barqarorroq qo'llash kerakligini aytdi. «Men uning uchun juda xursandman, u a'lo holatda», dedi Alonso jurnalistlar bilan suhbatda.

«Real» 2025 yildagi so'nggi uchrashuvini 20 dekabr, shanba kuni «Sevilya»ga qarshi o'tkazadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Xabi Alonso Rodrigoning o'yiniga yuqori baho berdi