Niko Elvedi Bundesligada 300-o'yinini o'tkazdi

Niko Elvedi Bundesligada 300-o'yinini o'tkazdi
Italiyada Superkubok uchrashuvlari davom etayotgan bir paytda Germaniyada Bundesliganing 2025 yildagi so'nggi, 15-turi boshlandi. Tur doirasida Dortmundning “Borussiya”si Myonxengladbaxdan kelgan nomdosh raqibini qabul qilib, 2:0 hisobida g'alaba qozondi.

Bu natija myonxengladbaxliklar yarim himoyachisi, shveytsariyalik Niko Elvedi uchun bayramona kunni biroz xiralashtirdi: u Germaniya oliy ligasida o'zining 300-uchrashuvini o'tkazdi. E'tiborlisi, Elvedining Bundesligadagi ushbu 300 o'yinining barchasi bitta klub — aynan Myonxengladbax “Borussiya”si safida o'tdi.

Elvedi Bundesliga tarixida bir klubda 300 o'yinlik marraga yetgan atigi beshinchi legioner futbolchiga aylandi. U 2015 yildan buyon myonxengladbaxliklar sharafini himoya qilib kelmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar