
Myunxenning “Bavariya” klubi sobiq futbolchisi Frank Riberi Madridning “Real” jamoasiga qarshi uchrashuvlardan birini yodga oldi. Riberining aytishicha, epizodlardan birida u Dani Karvaxal bilan to'qnashuvda qo'pollikka yo'l qo'ygan.
Shundan so'ng Serxio Ramos va Pepe maydonda uni tinimsiz nishonga ola boshlagan. “Har safar to'pga teginsam, ular go'yo meni yo'q qilishni istayotgandek qarashardi.
O'sha paytda o'yin omon qolish uchun kurashga o'xshab qoldi. Pepe to'pni emas, meni ‘ovlardi’”, — deya Ribering so'zlarini keltiradi Madrid Universal.
Fransiyalik futbolchi 2022 yilda faoliyatini yakunlagan. Frank Riberi 2007–2019 yillarda “Bavariya” safida to'p surgan.
U Myunxen klubi bilan to'qqiz marta Germaniya chempioni bo'lgan va bir marta UEFA Chempionlar ligasida g'olib chiqqan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.