date

Federiko Ravalya: "Bolonya" Superkubokni qo'lga kiritmoqchi


Italiya Superkubogi yarim finalidagi g'alabadan so'ng "Bolonya" turnirni yutishga qat'iy bel bog'ladi. Buning uchun jamoa finalda "Napoli"ni mag'lub etishi kerak.

Klub darvozaboni Federiko Ravalya esa muvaffaqiyatga ishonmoqda. Ravalyaning aytishicha, yarim finaldan keyingi his-tuyg'ularni so'z bilan ifodalash qiyin: u jamoa o'yinidan mamnun.

"Bolonya" turnirga autsayder sifatida kelgan bo'lsa-da, kubokni yutishni maqsad qilgan. Jamoa hisobni tenglashtirdi va keyin penaltilar seriyasida g'alaba qozonib, finalga yo'l oldi.

Darvozabon ta'kidlashicha, finalga "Bolonya" maksimal motivatsiya bilan chiqadi. Eslatib o'tamiz, "Bolonya" Italiya Kubogining amaldagi sohibi, "Napoli" esa A Seriyaning amaldagi chempioni hisoblanadi.

Italiya Superkubogi finali 22 dekabr kuni bo'lib o'tadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Federiko Ravalya: "Bolonya" Superkubokni qo'lga kiritmoqchi