Flik «Barselona»dagi kelajagi haqida fikr bildirdi

Qisqacha
Xans-Diter Flik «Barselona»da yana bir yarim yil qolish unga ma'qul ekanini, ammo bu prezidentga ham bog'liqligini aytdi. OAV xabarlariga ko'ra, klub nemis mutaxassisi bilan shartnomani 2028 yilning o'rtalarigacha uzaytirishni istamoqda. Flikning amaldagi kelishuvi 2026/2027 yilgi mavsum yakuniga qadar mo'ljallangan. U «Barselona»da ishlayotganidan xursandligini va jamoaning asosiy maqsadi yaxshi o'ynab, muvaffaqiyatga erishish ekanini ta'kidladi.
OAVda «Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralarni boshlagani haqida xabarlar tarqaldi. Ma'lumotlarga ko'ra, kataloniyaliklar nemis mutaxassisi bilan kelishuv muddatini 2028 yilning o'rtalarigacha uzaytirishni istamoqda.
Flikning amaldagi shartnomasi esa 2026/2027 yilgi mavsum yakuniga qadar mo'ljallangan. Matbuot anjumanida Flikdan kelishuvni 2028 yilning yarmigacha uzaytirish ehtimoli so'raldi.
Mutaxassis bu borada shunday dedi: “Murabbiy uchun bir yarim yil ham katta muddat. Men bunday klubda ishlayotganimdan juda xursandman: Deku va barcha xodimlar bilan.
Mening shtabim ajoyib, Deku esa nihoyatda zo'r, munosabatlarimiz juda yaxshi. Men bu yerda prezident tufayli ishlayapman, uning ishonchi men uchun juda muhim.
Bu yerda yana bir yarim yil qolish men uchun normal holat, ammo bu prezidentga ham bog'liq. Bizning asosiy maqsadimiz yaxshi o'ynash va muvaffaqiyatga erishish”, dedi Flik.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Flikning amaldagi shartnomasi esa 2026/2027 yilgi mavsum yakuniga qadar mo'ljallangan. Matbuot anjumanida Flikdan kelishuvni 2028 yilning yarmigacha uzaytirish ehtimoli so'raldi.
Mutaxassis bu borada shunday dedi: “Murabbiy uchun bir yarim yil ham katta muddat. Men bunday klubda ishlayotganimdan juda xursandman: Deku va barcha xodimlar bilan.
Mening shtabim ajoyib, Deku esa nihoyatda zo'r, munosabatlarimiz juda yaxshi. Men bu yerda prezident tufayli ishlayapman, uning ishonchi men uchun juda muhim.
Bu yerda yana bir yarim yil qolish men uchun normal holat, ammo bu prezidentga ham bog'liq. Bizning asosiy maqsadimiz yaxshi o'ynash va muvaffaqiyatga erishish”, dedi Flik.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling






























Izohlar 0
…