"Real Madrid" "Al-Hilol" yarimhimoyachisi Neveshni kuzatmoqda

«Real» klubi «Al-Hilol» yarimhimoyachisi Neveshga qiziqish bildirmoqda. Yevropaga qaytishni qat'iy istayotgan Neveshning keyingi manzili «Real» bo'lishi mumkin. Xabi Alonso jamoasida maydon markazida o'yin tempini belgilab, ritmni boshqaradigan yarimhimoyachi yetishmayotgani qayd etildi. Nevesh 2023 yildan buyon «Al-Hilol» safida to'p surmoqda va ushbu mavsumda barcha musobaqalarda 15 ta o'yinda 5 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubida to'p surayotgan yarimhimoyachi Nevesh Madridning «Real» klubi e'tiborini tortdi. Bu haqda Fichajes nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, Yevropaga qaytishni qat'iy istayotgan Neveshning keyingi manzili «Real» bo'lishi mumkin. Qayd etilishicha, Xabi Alonso jamoasi joriy mavsumda ayrim uchrashuvlarda o'yin nazoratini ushlab turishda qiyinchiliklarga duch keldi.
Bunga tarkibda o'yin tempini belgilab bera oladigan, maydon markazida ritmni boshqaradigan yarimhimoyachining yetishmasligi sabab bo'layotgani ta'kidlanadi. Nevesh esa «Real»ning hozirgi tarkibida yetishmayotgan sifatni taklif qilishi mumkin.
Nevesh 2023 yildan buyon «Al-Hilol» sharafini himoya qilib kelmoqda. Ushbu mavsumda u barcha musobaqalarda 15 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.






























Izohlar 0
…