
Manchester Yunayted qishki transferlar davrida tarkibni kuchaytirish ustida faol ishlashni rejalashtirmoqda. Klub rahbariyati mavsumning ikkinchi yarmida markaziy yarim himoyani mustahkamlashga qodir futbolchilar bozorini o'rganmoqda.
The Guardian xabariga ko'ra, mankunianlar e'tiborida ikki yarim himoyachi bor. Nomzodlardan biri hozir Saudiya Arabistonining Al-Hilol klubida to'p surayotgan Ruben Neves.
Shuningdek, Manchester Yunayted Madridning Atletiko klubi yarim himoyachisi Konor Gallaxerni ham kuzatmoqda. Har ikki futbolchi yanvar oyidagi transfer oynasi uchun ehtimoliy maqsad sifatida ko'rilmoqda.
APLning joriy mavsumida Manchester Yunayted 16 turdan so'ng 26 ochko jamg'arib, turnir jadvalida 7-o'rinda bormoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.