O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh–2018 saralash bosqichi ikkinchi davrasiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Turkiyaning Antaliya shahriga etib bordi.
Terma jamoa 12 fevral kuniga qadar o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘inini o‘tkazadi. Mazkur yig‘in doirasida O‘zbekiston terma jamoasi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.
10 fevral kuni Samvel Babayan shogirdlari Rossiya Premer-ligasi vakili “Amkar” klubi bilan, 11 fevral kuni esa Armanistonning “Alashkert” jamoasi bilan kuch sinashadi.
Avvalroq terma jamoa bosh murabbiyi Samvel Babayan Turkiyadagi yig‘inga jalb etilgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qilgani haqida xabar berilgandi.
Eslatib o‘tamiz, JCh–2018 saralash bosqichi “A” guruhi 5-turidan keyin O‘zbekiston terma jamoasi 9 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda. Eron 11 ochko bilan birinchi, Janubiy Koreya esa 10 ochko bilan ikkinchi pog‘onada bormoqda.
Manba: www.the-uff.com “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Isroillik ravvinni o‘ldirishda gumonlangan uch kishi ushlandi
BAAda isroillik rohibning o‘limida gumonlanayotgan o‘zbekistonliklar ushlandi
Doniyor Toshxo‘jayev lavozimidan ozod etildi
Tishlar salomatligiga putur yetkazadigan 6 ta mahsulot
Qirg‘iziston budjetiga korrupsionerlardan misli ko‘rilmagan miqdorda mablag‘ qaytarildi