date

Ovchinnikov Rossiya JChga qo‘yilishi mumkinligini aytdi


Nijniy Novgorodning «Lokomotiv» jamoasi sobiq murabbiyi Valeriy Ovchinnikov o‘z bayonotlari bilan yana jamoatchilik e’tiborini tortdi. Uning fikricha, Rossiya terma jamoasining yaqinlashib kelayotgan jahon chempionatiga qo‘yilishi hali ham mumkin.

«Ertaga amerikaliklar uyg‘onib, Rossiya terma jamoasini jahon chempionatiga qo‘yishi mumkin. Hammasi ikki davlat o‘rtasidagi muzokaralarga bog‘liq.

Ularni neytral maqomda qo‘yishadi. Bu dunyoda hamma narsa mumkin», — deya Ovchinnikovning so‘zlarini «Sovetskiy sport» keltiradi.

Ta’kidlash joizki, turnir ishtirokchilari tarkibi deyarli shakllanib bo‘lgan. Mart oyida pley-off (saralash) uchrashuvlari yakunlariga ko‘ra yana bir nechta yo‘llanma o‘ynaladi.

Yakunda 12 guruhga bo‘lingan 48 terma jamoa 2026 yil iyun—iyul oylarida AQSh, Kanada va Meksika stadionlarida bellashadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ovchinnikov Rossiya JChga qo‘yilishi mumkinligini aytdi