
Sobiq mashhur futbolchi Ditmar Hamann «Liverpul»ning hujumkor yarim himoyachisi Florian Virts haqida fikr bildirdi. «Rojdestvo yaqinlashyapti, u esa hali birorta ham gol ura olmadi.
Qancha vaqt kutishga tayyor bo‘lishadi? Klub uni himoya qilyapti.
Nimadir bo‘lishi kerak. Agar fevral yoki martgacha shunday davom etsa, yozda keyingi qadamlar bo‘yicha qaror qabul qilishga to‘g‘ri keladi.
140 millionga sotib olingan futbolchini, u qanchalik yosh bo‘lmasin, butun yil davomida “balki nimadir o‘zgarar” degan umidda ushlab turib bo‘lmaydi. Ammo u qishda ketmaydi.
Faqat Xabi Alonso uni jamoada ko‘rishni xohlashini aytsa, bo‘lishi mumkin», — deya Hamannning so‘zlarini AS keltiradi. O‘tgan dam olish kunlari Florian Virts APLdagi o‘yinda ilk bor golli uzatma berdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.