
«Monako» yarim himoyachisi Takumi Minamino tizzasidan og‘ir jarohat oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi.
Yaponiyalik futbolchiga oldingi xochsimon bog‘lam uzilishi tashxisi qo‘yildi. Minamino jarohatni Fransiya Kubogi 1/32 finalida «Oser»ga qarshi o‘yinda oldi.
Uchrashuv monakoliklarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Jarohat sabab futbolchi o‘yinni davom ettira olmadi va 36-daqiqadayoq almashtirildi.
O‘tkazilgan tibbiy ko‘rik eng yomon xavotirlarni tasdiqladi. Futbolchining tiklanish muddati keyinroq aniq belgilanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.