Ruben Diash «Manchester Siti» yangi sovrinlarni ko‘zlayotganini aytdi

Ruben Diash «Manchester Siti» yangi sovrinlarni ko‘zlayotganini aytdi
Qisqacha

Ruben Diash «Manchester Siti» futbolchilaridan doim g‘alabalar va sovrinlar kutilishini ta’kidladi. «Shaharliklar» Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida 37 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda va «Arsenal»dan ikki ochko ortda qolmoqda. Diash avvalgi sovrinlarga qo‘shgan hissasidan faxrlanishini, biroq jamoa g‘alaba qozonishda davom etishi kerakligini aytdi. O‘tgan mavsumda Angliya chempioni «Liverpul» bo‘lgan.

«Manchester Siti» himoyachisi Ruben Diash jamoa sovrinlarni qo‘lga kiritishga intilayotganini ta’kidladi. Hozir «shaharliklar» Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda va «Arsenal»dan ikki ochko ortda qolmoqda (37 ga 39).

«“Manchester Siti”ga o‘tganimda, qanday bosim ostida bo‘lishimni tushunardim. “Manchester Siti”da sendan doim g‘alabalar va sovrinlar kutishadi.

Hammasi oddiy. Men allaqachon qo‘lga kiritilgan sovrinlarga o‘z hissamni qo‘shganimdan faxrlanaman.

Ammo men shuni ham tushunaman: bu hech qachon yetarli bo‘lmaydi. Biz g‘alaba qozonishda davom etishimiz kerak», — dedi Diash Daily Mail nashriga.

O‘tgan mavsumda Angliya chempioni «Liverpul» bo‘lgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar