date

Manolo Gonsales futbolchilar bor kuchini berayotganini aytdi


«Espanyol» bosh murabbiyi Manolo Gonsales «Atletik Bilbao» ustidan qozonilgan g‘alaba haqida fikr bildirdi. La Liganing 17-tur uchrashuvi 2:1 hisobida yakunlandi.

«Men juda mamnunman. Bizga aynan shunday yil kerak edi.

U fantastik bo‘ldi. Bu ulkan faxr tuyg‘usi.

Futbolchilar bor kuchini berishyapti, bizni eng yaxshi ta’riflaydigan so‘z esa — "jamoa". Ikkinchi davra yanada qiyinroq bo‘ladi, ammo shu munosabatni saqlab qolsak, kurashni davom ettira olamiz», — deya murabbiy so‘zlarini Estadio Deportivo keltiradi.

«Birinchi bo‘lim qiyin kechdi, biroq biz yaxshi himoyalandik va imkoniyatlarimizdan foydalandik. [Raqibga] ortiqcha ko‘p narsaga yo‘l qo‘ymadik».

«Maydonga tushayotganlarning barchasi yaxshi raqobatlashmoqda, bu bizga sur’atni ushlab turish va yevrokuboklar yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettirish imkonini beradi». «Espanyol» 33 ochko bilan beshinchi o‘rinda, «Atletik»da 23 ochko va sakkizinchi o‘rin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Manolo Gonsales futbolchilar bor kuchini berayotganini aytdi