Barselona qishda markaziy himoyachini transfer qilmoqchi

Qishki transfer oynasida «Barselona» markaziy himoyachi pozitsiyasini kuchaytirmoqchi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, klub allaqachon himoya chizig‘i uchun yangi futbolchini faol izlamoqda. Biroq bu katta nomli futbolchi bo‘lishi ehtimoldan yiroq.
Ehtimol, «Barselona» nisbatan arzon narxda himoyachi topadi yoki kimnidir ijaraga oladi. Ispaniya La Ligasida 18 o‘yindan so‘ng «Barselona» 46 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Eng yaqin ta’qibchidan ustunligi to‘rt ochkoni tashkil etadi. Keyingi turda «ko‘k-anorranglilar» «Espanyol»ga qarshi maydonga tushadi.
18-tur uchrashuvi 3 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing