Konte Napolida Maktominay va Hoylundni qayta ochdi

Antonio Konte «Napoli»dagi ichki raqobat, to'g'ri rollar va ishonch Skott Maktominay hamda Rasmus Hoylundni yangi darajaga olib chiqqanini ta'kidladi. Uning so'zlariga ko'ra, «Manchester Yunayted»da barqaror o'yin amaliyotiga ega bo'lmagan futbolchilarning hozirgi yutuqlari murabbiylar shtabining tizimli ishi samarasidir. «Napoli» Italiya Superkubogi finalida «Bolonya»ni 2:0 hisobida mag'lub etdi va David Neres dubl qayd etdi.
«Napoli» bosh murabbiyi Antonio Konte jamoadagi ichki raqobat va ishonchli muhit futbolchilarni ochib berayotganini ta’kidladi. U yarim himoyachi Skott Maktominay hamda hujumchi Rasmus Hoylundning so‘nggi o‘yinlariga to‘xtalib, bu yutuqlar tasodif emasligini qayd etdi.
Kontega ko‘ra, ikki futbolchi avval «Manchester Yunayted»da deyarli barqaror o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmagan. Biroq «Napoli»da to‘g‘ri rollar, aniq vazifalar va ishonch ularni yangi darajaga olib chiqdi. Mutaxassis buni murabbiylar shtabi tomonidan olib borilayotgan tizimli ish samarasi sifatida baholadi.
Avvalroq neapolliklar Italiya Superkubogida muvaffaqiyat qozonib, finalda «Bolonya»ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. O‘sha bahsda David Neres dubl muallifi bo‘lib, jamoaga sovrinni olib keldi.
«Napoli» navbatdagi uchrashuvini 28 dekabr kuni o‘tkazadi. Konte shogirdlari A Seriya 17-turi doirasida «Kremoneze»ga qarshi maydonga tushadi. Mutaxassisning so‘zlariga qaraganda, jamoa ayni paytda ritmni ushlab qolish va g‘alabali seriyani davom ettirishga qat’iy bel bog‘lagan.































Izohlar 0
…