19:39 / 10.02.2017
5 604

“Bunyodkor” muxlislar bilan uchrashadi

“Bunyodkor” muxlislar bilan uchrashadi

2017 yil yurtimizda xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili deb e’lon qilindi.

Shu munosabat bilan, “Bunyodkor” futbol klubi Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichi starti oldidan muxlislar klubi faollari va bir guruh OAV vakillari bilan muloqotga kirishadi.

Tadbir 13 fevral, dushanba kuni “Bunyodkor” stadioni matbuot anjumanlari zalida bo‘lib o‘tadi. Unda, klub bosh direktori Baxtiyor Boboyev, bosh murabbiy Sergey Lushchan, “Bunyodkor” stadioni direktori Vaxid Zakirov va jamoamiz futbolchilari ishtirok etadi. Muxlislar va OAV vakillari xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishlari mumkin.

Shu kuni “qaldirg‘ochlar”ning mavsumoldi fotosessiyasini o‘tkazish ham rejalashtirilgan. Fotomuxbirlar “Bunyodkor”ning 2017 yilgi jamoaviy fotosi va istalgan futbolchini suratga olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Uchrashuvning boshlanish vaqti: 11:45.

Manba: www.fcbunyodkor.com

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Bunyodkor” muxlislar bilan uchrashadi