date

Endrik «Lion»da 9-raqamni tanlaganini ma’lum qildi


Hujumchi Endrik 2025/2026 yilgi mavsumning ikkinchi qismini «Lion»da o‘tkazadi. Seshanba kuni fransuz klubi Endrikni «Real»dan 1 million yevro evaziga pullik ijara asosida olganini e’lon qildi.

Endrik «Lion»dagi o‘yin raqamini ham tanlab bo‘ldi. Klub matbuot xizmati braziliyalik futbolchining 9-raqam tushirilgan futbolka bilan tushgan suratini e’lon qildi.

Endrik «Lion»ga barqaror o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun yo‘l oldi. Mavsumning birinchi qismida 19 yoshli braziliyalik «Real» safida atigi uchta uchrashuvda maydonga tushdi.

Fransiya chempionatidagi navbatdagi o‘yinda «Lion» 3 yanvar kuni safarda «Monako»ga qarshi maydonga tushadi. Hozir «to‘quvchilar» Liga 1 turnir jadvalida beshinchi o‘rinda bormoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Endrik «Lion»da 9-raqamni tanlaganini ma’lum qildi