Bubnov 2026 yilgi JChda Braziliyaga muxlislik qilishini aytdi

Moskvaning «Spartak» klubi sobiq himoyachisi Aleksandr Bubnov 2026 yilgi jahon chempionatida Braziliya terma jamoasiga muxlislik qilishini ma’lum qildi. Bunga sabab sifatida Bubnov «penta chempionlar»ni Karlo Anchelotti boshqarayotgani va u murabbiyga xayrixoh ekanini keltirdi.
«Birinchidan, bu — orzuyimdagi murabbiy. U menga doim yoqib kelgan.
Anchelottining uslubi muvozanatli. Uning o‘yin uslubi vaziyatga qarab o‘zgaradi.
Agar himoyalanish kerak bo‘lsa, u himoyalanadi», — dedi Bubnov «Komment.Shоу» efirida. Anchelotti 2025 yil iyunida Madridning «Real» klubidan ketganidan so‘ng Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi va jamoani mundialga olib chiqdi.
Braziliyaliklar Marokash, Gaiti va Shotlandiya terma jamoalari bilan bir guruhdan joy oldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing