
Fransiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Frank Lebyoef 2026 yilgi jahon chempionati Krishtianu Ronaldu uchun 2022 yilgi mundial Lionel Messi uchun bo‘lgani kabi o‘tishini istamoqda. «Go‘yo 2022 yilgi jahon chempionati Messiga bag‘ishlangandek tuyulgandi.
Men 2026 yilgi jahon chempionati Ronalduga bag‘ishlanishiga juda umid qilaman. U uchun mundialni yutish fantastika bo‘lardi — Portugaliya uchun ham.
Ularning jamoasi nihoyatda kuchli, shuning uchun bu mumkin», — deya Lebyoefning so‘zlarini Goal portali keltirdi. 2022 yilgi jahon chempionati finalida Lionel Messi boshchiligidagi Argentina terma jamoasi Fransiyani mag‘lub etdi.
3:3 hisobidagi durangdan so‘ng «albiseleste» penaltilar seriyasida g‘alaba qozondi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.