Lebyo'f Ronaldu muxlislariga javobini aytib berdi

Fransiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Frank Lebyo'f yulduz hujumchi Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi. «Messi va Ronaldu allaqachon yirik sovrinlarni qo‘lga kiritgan, ammo haqiqat shuki, jahon chempionati ko‘p narsani o‘zgartiradi.
Men ba’zan Ronalduni tanqid qilganman, uning muxlislari esa meni keskin tanqid qilishgan. Ayrimlar: “O‘zing hayotda nimaga erishgansan?” derdi.
Men esa: “Men jahon chempionatida g‘olib bo‘lganman, u esa yo‘q”, deb javob berardim. Bu oddiy javob!
Albatta, Ronaldu mendan ko‘proq yutuqlarga erishgan, u fantastik futbolchi. Ammo jahon chempionatida g‘alaba qozonishning ahamiyati bor», — deya Lebyo'fning so‘zlarini keltiradi Goal.
2026 yil yozida Krishtianu Ronaldu jahon chempionatida ishtirok etishi kerak. Turnir AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing