
Fransiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Frank Lebyoef Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu o‘rtasidagi uzoq yillik raqobat haqida fikr bildirdi. Lebyoef Ronaldu yaqinda aytgan, jahon chempionati eng buyuk futbolchini belgilab bera olmaydi, degan gaplariga munosabat bildirdi.
«Ronaldu yolg‘on gapirmayapti, chunki u erishgan yutuqlarning o‘ziyoq fantastik. Ronaldu bilan Messi o‘rtasida “Oltin to‘p” uchun poyga bo‘lgan.
Gap bitta savolga borib taqalardi: qaysi birini afzal ko‘rasan? Bu doimiy bahs edi — sen Messi tarafidamisan yoki Ronaldu?
Va bu o‘n yildan ortiq davom etdi», — Lebyoefning so‘zlarini Goal portali keltiradi. Krishtianu Ronaldu besh marta “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan, Lionel Messi esa sakkiz marta.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.