
Kataloniyaning «Barselona» klubi va Ispaniya terma jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Lamin Yamal uyida saqlanadigan eng qimmatli buyumni aytib berdi. «Uyimdagi eng qimmatli buyum?
Bu Fransiya terma jamoasiga qarshi o‘yinda gol urganimdagi to‘p», — dedi 18 yoshli vinger YouTube kanalida. Eslatib o‘tamiz, Lamin Yamal Yevro-2024 yarim finalida Fransiya darvozasini ishg‘ol qilgan.
O‘sha turnirda Ispaniya terma jamoasi finalda Angliyani 2:1 hisobida mag‘lub etib, chempion bo‘lgan. Umuman olganda, Yamal «qizil furiya» safida 23 ta o‘yin o‘tkazgan.
Yarim himoyachi 6 ta gol urgan va 12 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.