19:18 / 11.02.2017
3 837

MMA jangchisi bo‘lajak raqibi davolanishi uchun mablag‘ yig‘ishni boshladi

MMA jangchisi bo‘lajak raqibi davolanishi uchun mablag‘ yig‘ishni boshladi

Kubalik MMA jangchisi Yoel Romero bo‘lajak raqibi – angliyalik Maykl Bispingning davolanishi uchun mablag‘ yig‘ishni boshladi, deb yozadi Kun nashri.

«Bu Maykl, unga men bilan 2017 yilning mayida uchrashganidan so‘ng davolanishi uchun mablag‘ kerak bo‘ladi. Ishonchim komilki, pullar unga kerak bo‘ladi, axir uning oilasi bor, men uning uchun juda ham qattiq xavotirdaman. Iltimos, unga yordam berishga harakat qiling. Barcha yig‘ilgan mablag‘lar uning tiklanishi va faoliyatini yakunlashi munosabati bilan tashkil etiladigan bazmga sarflanadi», - deb yozdi Romero.

Romero va Bisping o‘rtasidagi jang UFC 211 musobaqasi doirasida may oyida bo‘lib o‘tishi mumkin. Angliyalik o‘rta vazndagi mutlaq jangchilar chempionati kamari sohibi sanaladi.

37 yoshli Bisping faoliyati davomida 37 jang o‘tkazib, 30tasida g‘alaba qozongan bo‘lsa, Romero 12 jangda qatnashib, 11 bora zafar quchgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » MMA jangchisi bo‘lajak raqibi davolanishi uchun mablag‘ yig‘ishni boshladi