"Monako" Ilenikena uchun narxini oshkor qildi

Fransiyaning "Monako" klubi nigeriyalik iqtidorli hujumchi Jorj Ilenikenani sotishga tayyor. Klub 19 yoshli futbolchi uchun 20 million yevrodan ortiq taklif bo‘lsa, uni qo‘yib yuborishga rozi.
Ko‘plab mutaxassislar Ilenikenada kelajakda Viktor Osimhen darajasidagi futbolchini ko‘rmoqda. Mazkur vaziyatga oid ma'lumotni taniqli insayder Ekrem Konur bergan.
Futbolchiga Italiyaning "Roma" va "Fiorentina", Germaniyaning "Bayer", "Shtutgart" va "Ayntraxt", shuningdek, Ispaniyaning "Vilyarreal" klublari qiziqish bildirmoqda. Eslatib o‘tamiz, nigeriyalik hujumchi 2024 yil yozida Monako klubiga kelib qo‘shilgan va u uchun deyarli 19 million yevro to‘langan.
Jorj Ilenikena joriy mavsumda Fransiya chempionatida "Monako" safida ikki gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Ko‘plab mutaxassislar Ilenikenada kelajakda Viktor Osimhen darajasidagi futbolchini ko‘rmoqda. Mazkur vaziyatga oid ma'lumotni taniqli insayder Ekrem Konur bergan.
Futbolchiga Italiyaning "Roma" va "Fiorentina", Germaniyaning "Bayer", "Shtutgart" va "Ayntraxt", shuningdek, Ispaniyaning "Vilyarreal" klublari qiziqish bildirmoqda. Eslatib o‘tamiz, nigeriyalik hujumchi 2024 yil yozida Monako klubiga kelib qo‘shilgan va u uchun deyarli 19 million yevro to‘langan.
Jorj Ilenikena joriy mavsumda Fransiya chempionatida "Monako" safida ikki gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling






























Izohlar 0
…