date

Vaskes Alonso davridagi "Real" muammolari haqida gapirdi

Vaskes Alonso davridagi "Real" muammolari haqida gapirdi
Madridning "Real" klubida o‘ynagan sobiq futbolchi Lukas Vaskes, hozir "Bayer" safida to‘p surayotgan bo‘lsa-da, "qirollik" klubidagi vaziyatga izoh berdi. Iyun oyida "qaymoqranglilar" bosh murabbiyi lavozimini avval "Bayer"da muvaffaqiyatli ishlagan Habi Alonso egalladi.

"Alonso — "Bayer" afsonasi, u bu yerda aql bovar qilmas yutuqlarga erishdi. Endi bu tarixning bir qismi.

Albatta, "Real"da bo‘layotgan voqealar hammaning ko‘z o‘ngida, biz bu haqda gaplashamiz. Biroq futbol olamidagi hamma hozir klub o‘tish davrini boshdan kechirayotganini tushunadi.

O‘zgarishlar ko‘p bo‘ldi, shuning uchun sabrli bo‘lish va ajoyib futbolchilar hamda murabbiyga ishonchni saqlab qolish kerak", — deya Vaskesning so‘zlarini Diario AS keltiradi. "Real" La Ligada 18 turdan so‘ng turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.

"Barselona"dan ortda qolish — to‘rt ochko.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Vaskes Alonso davridagi "Real" muammolari haqida gapirdi