date

Amorim «Manchester Yunayted» g‘alabasidan keyin fikr bildirdi

Amorim «Manchester Yunayted» g‘alabasidan keyin fikr bildirdi
«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ruben Amorim «Nyukasl»ga qarshi 1:0 hisobida yakunlangan uchrashuvdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. O‘yin taqdirini 24-daqiqada Patrik Dorguning goli hal qildi.

«Qarg‘alar» to‘pga ko‘proq egalik qildi va darvozaga ko‘proq zarba berdi, biroq mag‘lubiyatdan qutula olmadi. «Bugun hammamiz azob chekishimizga to‘g‘ri keldi, juda qiyin bo‘ldi.

O‘ylaymanki, birinchi bo‘limni yaxshi o‘tkazdik, ikkinchisida esa shunchaki himoyalandik va hujumda Kun’yaga tayanib o‘ynadik. Bu qimmatli g‘alaba.

Yaxshi o‘yin ko‘rsatganimizga qaramay, uch ochkoni ola olmagan uchrashuvlarimiz ko‘p bo‘lgan. Bugun esa hammasi aksincha bo‘ldi.

Jamoa birlashib kurashdi va natijaga erishdi», — dedi Amorim. «Qizil iblislar» APLning 18 turidan so‘ng 29 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida beshinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Amorim «Manchester Yunayted» g‘alabasidan keyin fikr bildirdi