Vaskes Ronalduni "Real" tarixidagi eng buyuk futbolchi dedi

Vaskes Ronalduni "Real" tarixidagi eng buyuk futbolchi dedi
Madridning "Real" klubida to'p surgan sobiq himoyachi Lukas Vaskes klub tarixidagi eng buyuk futbolchi kimligini aytdi. Ispaniyalik futbolchi bu borada sobiq jamoadoshi Krishtianu Ronalduni alohida ta'kidladi.

"Men Ronalduni "Real" tarixidagi eng buyuk futbolchi deb hisoblayman", — deya Vaskesning so'zlarini keltiradi Diario AS. Portugaliyalik hujumchi "qaymoqranglilar" safida 2009 yildan 2018 yilgacha o'ynagan.

Hozirda "Oltin to'p"ning besh karra sohibi Saudiya Arabistonida "Al-Nasr" klubida to'p surmoqda. Lukas Vaskes "Real" tizimida jami qariyb 17 yil faoliyat yuritgan.

Joriy yil avgust oyida 34 yoshli futbolchi Leverkuzenning "Bayer" klubiga ko'chib o'tdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar