date

«Real» qishki transferlardan voz kechdi, Alonso qarori rad etildi

«Real» qishki transferlardan voz kechdi, Alonso qarori rad etildi

Madridning "Real" klubi qishki transferlar oynasida tarkibni o‘zgartirmaslikka qaror qildi. Klub ichida qabul qilingan ushbu strategiyaga ko‘ra, jamoa mavsumning ikkinchi yarmini aynan mavjud futbolchilar bilan davom ettiradi.

Ma’lum bo‘lishicha, bosh murabbiy Xabi Alonso rahbariyatdan qishki transferlar davrida kamida bitta pozitsiyani kuchaytirishni so‘ragan. Xususan, u markaziy yarim himoya chizig‘iga tajribali xavbek olib kelish taklifini ilgari surgan. Biroq klub rahbariyati bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlamadi.

Madridliklar rahbariyati fikricha, hozirgi tarkibdagi yarim himoyachilar jamoa oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun yetarli. Ular xavbeklar sifati, raqobat darajasi va zaxira imkoniyatlari yuqori ekanini ta’kidlab, qo‘shimcha sarmoya kiritishga ehtiyoj yo‘q, degan xulosaga kelgan.

Ayni paytda «Real» UEFA Champions League umumiy guruh bosqichida 7-o‘rinda bormoqda. Jamoa natijalari barqaror deb baholanmoqda va rahbariyat mavsumning hal qiluvchi pallalarida tarkibning ichki salohiyatiga ishonmoqda.

Qayd etish joizki, yozgi transferlar oynasida «qirollik klubi» ancha faol bo‘lgan. Klub yangi futbolchilarni jalb etish uchun jami 167,5 million yevro sarflab, tarkibni sezilarli darajada yangilagan edi. Shu sabab, qishda ortiqcha harajatlardan qochish va moliyaviy barqarorlikni saqlash asosiy maqsadlardan biri sifatida ko‘rilmoqda.

Shu tariqa, «Real» qishki transferlar davrida sokin yo‘lni tanladi. Endi barcha e’tibor mavjud tarkib bilan chempionat va Yevropa maydonlarida yuqori natijalar qayd etishga qaratilgan. Muxlislar esa Alonso jamoasi ushbu ishonchni oqlay oladimi-yo‘qmi, degan savolga javobni maydonda kutishmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » «Real» qishki transferlardan voz kechdi, Alonso qarori rad etildi