date

Emery Chelsi ustidan g'alabadan so'ng o'yinni tahlil qildi

Emery Chelsi ustidan g'alabadan so'ng o'yinni tahlil qildi

"Aston Villa" bosh murabbiyi Unai Emery "Chelsi"ga qarshi 2:1 hisobidagi g'alabadan keyin jamoasining o'yini haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Londondagi bahsda "villanlar" irodali kambek qayd etdi: 37-daqiqada Joao Pedro hisobni ochgan bo'lsa, ikkinchi bo'limda Ollie Uotkins 63 va 84-daqiqalarda ketma-ket gol urib, dubl rasmiylashtirdi.

"Birinchi bo'limdagi reja o'sha-o'sha qoldi, ammo tanaffusgacha 'Chelsi' fantastik o'ynadi va ustunlik qildi. To'pni qaytarib olish biz uchun juda qiyin bo'ldi. Ikkinchi bo'lim oldidan futbolchilarga aynan shuni aytdim: ishtiyoq ko'rsatish va matonatni saqlash kerak", — dedi Emery BBC Match of the Day bilan suhbatda.

"Aston Villa" barcha musobaqalarda ketma-ket 11-uchrashuvda g'alaba qozonmoqda. Birmingem klubi APLning 18 turidan so'ng uchinchi o'rinda bormoqda: "Arsenal"dan 3 ochko, "Manchester Siti"dan esa 1 ochko ortda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Emery Chelsi ustidan g'alabadan so'ng o'yinni tahlil qildi